Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sinagogada o‘q uzgan o‘smir qo‘lga olindi

Sinagogada o‘q uzgan o‘smir qo‘lga olindi

Foto: «Twitter»

Kaliforniyadagi sinagogada o‘t ochib, to‘rt kishini jarohatlagan shaxs Los-Anjeles yaqinidagi Povey shaharchasida politsiya tomonidan hibsga olindi. Bu haqda «Focus» xabar berdi.

Bu shaxs San-Diyegoda yashovchi, Yangi Zelandiyadagi bosqindan ruhlangan 19 yoshli Jon Irnest bo‘lib chiqdi. Politsiya xabariga ko‘ra, bu kimsa masjidga o‘t qo‘yishda ham gumon ostida bo‘lgan.

U sinagogaga hujumda yarim avtomat «AR-15» qurolidan foydalangan. O‘smir o‘z hujumidan 8 soat avval antisemitik mazmundagi xatni internetga joylagan.

Qurolli bosqin 27-aprel kuni, mahalliy vaqt bilan soat 11:30 da amalga oshirilgan. Irnestni tutish oson kechmadi, politsiyachi o‘q uzgani bilan bosqinchi qochishga ulgurdi, uni ikkinchi bir politsiyachi ushlashga muvaffaq bo‘ldi.

Bu voqeaga AQSh prezidenti Donald Tramp «Twitter»da munosabat bildirdi.

«Ayni paytda bu adovat zamirida qilingan jinoyatga o‘xshab ko‘rinyapti. Jabrlanganlarning dardiga sherikman. Biz albatta buning tagiga yetamiz», — dedi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring