Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Simptomsiz koronavirus uyidan chiqmay o‘tirgan Kenni Dalglishgacha yetib bordi

Simptomsiz koronavirus uyidan chiqmay o‘tirgan Kenni Dalglishgacha yetib bordi

Foto: «Liverpoolfc.com»

Angliyaning «Liverpul» klubi sobiq futbolchisi va bosh murabbiyi Kenni Dalglish shifoxonada koronavirusdan davolanyapti. Bu haqda klub sayti xabar berdi.

Shotlandiyalikni, ahvoli yomonlashganidan so‘ng, 8-aprel kuni shifoxonaga keltirishgan. 69 yoshli sobiq futbolchidan COVID-19ga test olinganida kutilmaganda musbat chiqdi. Vaholanki, unda koronavirusga taalluqli hech qanday alomat sezilmagan, qolaversa, o‘z ixtiyori bilan uy karantiniga kirgan bo‘lgan.

Faxriy futbolchi barchani ehtiyotkorlikka, hukumat va mutaxassislarning tavsiyalariga amal qilishga chaqirdi.

Ma’lumot uchun: Kenni Dalglish «Seltik» bilan to‘rt karra Shotlandiya chempionligi va kubogini qo‘lga kiritgan.

«Liverpul» tarkibida to‘p surganida olti marotaba Angliya chempioni bo‘lib, uch karra Yevropa chempionlari kubogini (hozirgi Chempionlar ligasi) yutgan. Bir qancha muddat klubga murabbiylik ham qilgan.

Dalglish futboldan tashqari xayriya ishlari bilan faol shug‘ullangan. Rafiqasi ikkalasi o‘sma kasalligi borlar uchun o‘n yil davomida pul yig‘ishda ko‘maklashib kelishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring