Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Si Szinpin ham Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

Si Szinpin ham Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

Xitoy raisi Si Szinpin nomidan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga maktub keldi. 

«Hurmatli Prezident janoblari!

O‘zbekistonning milliy bayrami – Navro‘z ayyomi bilan Xitoy hukumati va xalqi hamda shaxsan o‘z nomimdan Sizni va O‘zbekiston xalqini chin qalbimdan muborakbod etishdan g‘oyat mamnunman.

O‘tgan yili sentyabr oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifim chog‘ida bo‘lib o‘tgan do‘stona va sermahsul muzokaralarimiz natijasi o‘laroq mamlakatlarimizning strategik hamkorligini yanada rivojlantiruvchi, xalqlarimiz manfaatiga xizmat qiluvchi qo‘shma bayonot qabul qildik, davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish istiqbollarini belgilab oldik.

Men Xitoy – O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qarataman. Sizning joriy yil may oyiga rejalashtirilgan ilk «Xitoy – Markaziy Osiyo» sammitida ishtirok etishingizni va Xitoyga davlat tashrifingizni kutib qolaman.

Siz bilan birgalikda Xitoy – Markaziy Osiyo munosabatlari istiqbollari hamda mamlakatlarimizning ikki tomonlama hamkorligiga oid katta rejalarini muhokama etishimiz O‘zbekiston-Xitoy hamkorligini yanada yuqori darajaga ko‘tarishiga ishonchim komil.

Fursatdan foydalanib, Siz Janobi Oliylariga mustahkam sog‘lik-salomatlik, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.

Do‘st O‘zbekiston xalqiga baxt va farovonlik hamisha yor bo‘lsin!

Ehtirom ila,

Si Szinpin,
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden ham Mirziyoyevga maktub yo‘llagandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring