Shveysariyada tezlikni oshirgan o‘rdak yo‘l kamerasiga tushib qoldi

Shveysariyaning Kyonits kommunasida tezlikni oshirgan o‘rdak yo‘l kamerasiga tushib qoldi. Berner Zeitung nashri yozishicha, hududda bunday holat birinchi marta sodir bo‘layotgani yo‘q.
Qoidabuzar o‘rdakning surati mahalliy hokimiyat tomonidan e’lon qilindi. Qush soatiga 52 km tezlikda uchgan, hududda esa 30 km/soatdan tez harakatlanishga ruxsat yo‘q.
Mahalliy aholi suratni soxta va hokimiyatning kechikkan 1-aprel hazili deb o‘yladi. Ammo politsiya radar tizimidagi suratlarni o‘zgartirish imkonsizligini va barcha kameralar har yili Shveysariya metrologiya instituti tomonidan tekshirilishini tasdiqladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter