Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shvetsiyada rus razvedkasi uchun ishlagan aka-ukalar qo‘lga olindi

Shvetsiyada rus razvedkasi uchun ishlagan aka-ukalar qo‘lga olindi

Foto: Unsplash

Shvetsiyada 42 yoshli Peyman Kia va 35 yoshli Payam Kia hibsga olindi. Aka-ukalar Rossiya razvedkasi uchun ishlaganlikda ayblanmoqda.

Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Peyman davlat xavfsizligi va armiyada xizmat qilgan chog‘ida bu organlarning maxfiy josuslik ma’lumotlarini ruxsatsiz qo‘lga kiritgan.

Davlat xavfsizligi xizmati va prokuratura Peyman va Payam ushbu ma’lumotlarni Rossiya Bosh razvedka boshqarmasi (GRU)ga sotishganini tasdiqladi. Prokuratura aka-ukalar qancha pul ishlashganini ochiqlamadi. Faqat 2016–2017-yillar davomida Peyman kamida 380 ming krona qiymatidagi naqd dollarga ega bo‘lgani ma’lum.

Davlat xavfsizligi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Peyman odatda josuslik ma’lumotlarini jamoat hojatxonalarida qoldirib ketgan, keyin ularni boshqa odam olgan. Ukasi Payam (u 2021-yilning oktyabrida hibsga olingandi)da esa mashina kaliti niqobi ostidagi josuslik kamerasini topishgan. Aka-ukalar kompyuterlar va fleshkalardagi materiallarni shifrlagan holda saqlashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring