Shvetsiyada Nobel mukofotlari topshirilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Shvetsiya poytaxti Stokgolmda 2021-yilgi Nobel mukofotlari topshirilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Tadbir 10-dekabr — Alfred Nobelni xotirlash kuni (1896-yilning 10-dekabrida vafot etgan) o‘tkazildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Stokgolm ratushasining Moviy zalida o‘tkazilgan marosimda shved aktrisasi Lena Olin boshlovchilik qildi.
Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav, qirolicha Silviya, voris malika Viktoriya, uning qaylig‘i shahzoda Daniel va qariyb 300 nafar mehmonlar marosimga kelishdi.
Barcha laureatlarga mukofotlar bir necha kun oldin o‘z mamlakatlarida Shvetsiya diplomatik vakillari ishtirokida topshirilgandi.
Bu yil Nobel mukofoti bilan 13 nafar inson taqdirlandi.
Ma’lumot uchun: Nobel medallari 175 gramm og‘irlikda bo‘lib, 18 karatli oltindan tayyorlangan. Laureatlarga, shuningdek, chiroyli bezatilgan, original shriftli va tilla suvi yugurtirilgan monogrammali diplomlar topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter