Shvetsiya va Finlyandiya dushanba kuni NATOga ariza topshiradi
«Expressen» gazetasi yozishicha, Shvetsiya Finlyandiya bilan bir kunda — 16-may sanasida NATOga a’zolik uchun ariza topshiradi.
«Dushanba kuni bosh vazir hukumatning navbatdan tashqari yig‘ilishini chaqiradi va tarixiy qaror qabul qilinadi. Agarda favqulodda biron voqea sodir bo‘lmasa, yig‘ilish boshidayoq ariza topshirilgani e’lon qilinadi», — deb yozdi gazeta.
Shvetsiya parlamentining dushanba kungi navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilishi e’lon qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter