Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shvetsiya kompaniyasi «Tesla Model 3»ga raqobatchi bo‘la oladigan model ustida ish olib bormoqda

Shvetsiya kompaniyasi «Tesla Model 3»ga raqobatchi bo‘la oladigan model ustida ish olib bormoqda

Foto: «Hi-News»

«Volvo» bilan hamkorlikda ish qiladigan va shu markadagi avtomobillar tyuningi bilan shug‘ullanuvchi «Polestar» o‘tgan yili elektrokar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan to‘laqonli kompaniyaga aylangan edi. «Polestar 2» elektrosedanining ilk nusxasi 2019-yilda tayyor bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi «Hi-News».

«Polestar» brendi rahbari Tomas Ingenlatning ta’kidlashicha, kompaniya Elon Mask «bolalari»ning navbatdagi «qotilini» yaratish niyatida emas, biroq «Polestar 2» «Tesla Model 3» bilan raqobatlasha oladi — shved elektrokari 49 ming dollardan sotiladi, bu esa «Long Range» kuchaytirilgan batareyalari o‘rnatilgan «Model 3» narxi bilan tengdir.

Elektrokarlar narxida o‘xshashlik bo‘lgani bilan ularni o‘zaro taqqoslash biroz mushkul. Ayni vaqtda ixtirochilar avtomobil borasida hech qanday ma’lumotni ochiqlagani yo‘q. Shunga qaramay, kompaniyaning «Polestar 2» bilan bir vaqtda «Polestar 3» krossoveri ustida olib borgan ishlari yakuniga yetgan. Ma’lum qilinishicha, elektrokar o‘ziga xos aerodinamik korpusga ega bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring