Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shvarsenegger bir o‘limdan qolgani haqida

Shvarsenegger bir o‘limdan qolgani haqida

Foto: «Mirror»

Amerikalik aktyor Arnold Shvarsenegger 2018-yili yuragini oltinchi marta operatsiya qilishganida bir o‘limdan qolgan ekan. Bu haqda «Mirror» yozmoqda.

Unga 1997-yili o‘rnatilgan pulmoner klapanini almashtirishlari lozim edi. Jarrohlik amaliyoti chog‘i aktyorning ahvoli yomonlashgan, biroq vrachlar o‘z vaqtida vaziyatni barqarorlashtirishga ulgurishgan.


Mavzuga oid: «Yashashni istasang, men bilan yur»: Terminator 72 ni urib qo‘ydi


Shvarsenegger tezda sog‘ayib, sportzalga qaytgani, so‘nggi «Terminator»ga tayyorgarlikni boshlab yuborgani haqida so‘zlab bergan.

Aktyor operatsiyadan so‘ng o‘zini avaylashi shart edi, shuning uchun u yotib tayanish mashqlarini bir necha oygacha bajarmay turgan.

Shu yoshiga qaramay (72 yosh), Shvarsenegger avvalgi holatini tez tiklab olishga ulgurgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring