Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhrat G‘aniyev koronavirus yuqtirib olgani aytilmoqda

Shuhrat G‘aniyev koronavirus yuqtirib olgani aytilmoqda

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Farg‘ona viloyatining sobiq hokimi, yaqinda bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan Shuhrat G‘aniyev koronavirus yuqtirib olgani aytilmoqda. Bu haqda «Jahon.uz» sayti o‘zining «ishonchli manbasi»ga (xabarda ayni gap urg‘ulanadi) tayanib, ma’lum qilmoqda.

Unga ko‘ra, Sh. G‘aniyev poytaxtdagi 16-shifoxonada davolanayotir. Ahvoli yaxshi ekani, kasallik yengil kechayotgani qayd etiladi.

Shuhrat G‘aniyev yangi lavozimga tayinlanganidan keyin ilk bor prezident Shavkat Mirziyoyevning Nukus shahridagi «Qoraqalpoq baliq sanoat» MChJ faoliyati bilan tanishuvi jarayonida ko‘rinish bergandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring