Shu hafta uchta katta asteroid Yerning yonidan uchib o‘tadi
NASA Yer yaqinidagi ob’yektlarni o‘rganish markazining xabar berishicha, shu hafta oxiriga qadar kattaligi 100 metrgacha keladigan bir nechta asteroid Yerning yonidan uchib o‘tadi.
Markaz tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 28-yanvar kuni 2021 BZ asteroidi Yerdan taxminan 2,2 million kilometr uzoqlikda o‘tib ketadi. Uning o‘lchamlari — 29 — 65 metrgacha. U Toshkent vaqti bilan taxminan soat 9:12 larda Yerga yaqinlashadi.
Sal kattaroq 2021 AG7 asteroidi (47 — 110 metrgacha) esa juma kuni Yerning yonidan uchib o‘tadi. Kutilayotgan parvoz vaqti — Toshkent vaqti bilan 13:50 lar. O‘rtadagi masofa Yer bilan Oy o‘rtasidagi masofadan 11 barobar uzoqroq. 29-yanvardan 30-yanvarga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:37 da Yerdan yanada uzoqroq masofada o‘lchamlari 24 — 53 metrgacha bo‘lgan kichikroq 2021 AF7 asteroidi o‘tib ketadi.
Yana ikkita 2021 AL va 2021 BD3 asteroidlari esa bugun sayyoramizning yonidan uchib o‘tdi. Ulardan kichikrog‘i (19 — 43 metrgacha) Toshkent vaqti bilan soat 14:58 da, kattarog‘i esa Toshkent vaqti bilan 6:01 larda qayd etildi. Uning o‘lchamlari — 67 metrgacha.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter