Shri-Lankada koronavirus tufayli 3 mingga yaqin mahbus ozod etildi
Shri-Lankada koronavirus tufayli 2961 nafar mahbus garov evaziga turmadan chiqarildi, deb yozadi «Associated Press».
Ta’kidlanishicha, turmalar to‘lib ketgan: 10 ming kishilik joyga 26 mingta mahbus joylangan.
Avvalroq hukumat koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida ziyoratchilarning kelishini taqiqlab qo‘ygandi. Bu mahbuslar orasida noroziliklarni keltirib chiqardi.
Shri-Lankda 166 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, 5 kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter