«O‘zgidromet» shoshilinch axborot e’lon qildi
Joriy yilning 17-19 iyun kunlari O‘zbekiston hududlari bo‘ylab havo harorati 40-41 darajagacha, janubda 42-45 darajagacha ko‘tariladi.
19 iyunda shimoliy hududlarga, 20 iyunda respublikaning barcha hududlariga Kavkazdan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi.
18 iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 19-20 iyunda O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha shamol tezligi ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
18-20 iyunda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. 19-20 iyunda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.
19 iyunda shimoliy hududlar, 20 iyunda respublikaning barcha hududlari bo‘yicha havo harorati 4-6 darajaga pasayadi.
Shuningdek, joriy yilning 18-21 iyun kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter