Sho‘rchida 11 yillik sirli jinoyat fosh etildi
2007-yil oktabr oyida Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida yashovchi Q.Sh. uyida birga yashagan 4 yoshli o‘gay o‘g‘li Y.M.ning boshiga qo‘li bilan urgan, natijada u yerga yiqilib, hushidan ketib vafot etgan.
Shundan so‘ng Q.Sh. bola jasadini uyi oldidagi hojatxona uchun kavlangan chuqurga ko‘mib tashlagan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida Q.Sh. ushlanib, voqea joyi bo‘lgan hovlisidan suyak qoldiqlari va qora rangli mato bo‘laklari topib olingan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter