Shomurodov Rivaldo bilan tushgan tarixiy surat haqida gapirdi
Italiyaning «Roma» jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov «Sport-ekspress»ga bergan intervyusida bir necha yillar avval futbol afsonasi Rivaldo bilan tushgan tarixiy surat haqida gapirgan.
«Bunyodkor» va «Mash’al» o‘ynagan paytda Rivaldo qo‘limdan ushlab maydonga olib chiqqan. Bu juda omadli bo‘lgan — o‘z davrining eng yaxshi o‘yinchisi qo‘limdan tutib, meni stadionga boshlab tushgan. Buni hech qachon unutmayman! Qolaversa, bu suratlarga ham muhrlangan», degan Shomurodov.
Eslatib o‘tish kerak, Eldor Shomurodov u paytda hali yosh bo‘lgan. «Bunyodkor»da esa Rivaldo va boshqa braziliyalik legionerlar o‘ynagan, Ziko va Skolari murabbiylik qilgan. Eldor poytaxt klubi bilan bog‘liq yana bir voqeani aytgan.
«O‘zim «Bunyodkor»da o‘ynagan paytimda agar g‘alaba qozonsak, bir taniqli muxlis menga va yana ikki futbolchiga yangi ayfonlar sovg‘a qilishni va’da bergan. Biz yutganmiz va u va’dasini bajargan. O‘shanda o‘zim uchun ayfon sotib ololmas edim».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter