Eldor «Roma»ning o‘yinida maydonga tushmadi

Joze Mourino murabbiyligidagi «Roma» klubi mavsum oldi yig‘ini doirasida Portugaliyada o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Portugaliyaning «Belenensesh» klubishga qarshi bahsda rimliklar 3:1 hisobida halaba qozonishdi. Gollarni Jeko, Dzanola va Mayoral kiritdi.
Rimliklar safiga kuni kecha borib qo‘shilgan Eldor Shomurodov bu bahsda maydonga tushirilmadi.
Belenensesh (Portugaliya) – Roma (Italiya) – 1:3
Gollar: 15 - Edin Jeko 20, Dzanola 56, Mayoral 85.
«Roma» navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 7 avgust kuni Sevilyaning «Betis» klubiga qarshi o‘tkazadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter