Shokir Xoliqovning «Messi» filmi ikki mukofotga loyiq ko‘rildi
Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan «48 Hour film race» festivalida yosh rejissyor Shokir Xoliqovning «Messi» qisqa metrajli filmi bir vaqtning o‘zida ikki mukofotga loyiq ko‘rildi.
Festival Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkaziladi. Joriy yil festivalga 500dan ortiq ariza qabul qilingan, 220dan ortiq film topshirilgan.
Festivalning bu yilgi qoidalariga ko‘ra, film tanlovga start berilgandan so‘ng 48 soat ichida suratga olingan bo‘lishi lozim. Asosiy qahramon yugurayotgan odam bo‘lishi, kadrda «30» raqami aks etishi, suv predmetidan foydalanish va «Ha, oson» jumlasi ishlatilishi lozim. Eng muhimi, qisqa metrajli film 4 daqiqadan oshmasligi kerak.
Birinchi bosqich uchun saralab olingan 48 ta filmning eng munosiblaridan uch nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
«Messi» qisqa metrajli filmi «Eng yaxshi film» — Nyu-York kinoakademiyasiga o‘qish uchun yo‘llanma va «Eng yaxshi drama» diplomi, statuetka bilan taqdirlandi.
«Messi» qisqa metrajli filmi Afg‘onistondan boshqa davlatga qochayotgan aka-uka haqida. Murtazo, ya’ni Messi boshqa davlatda tinch, osuda yashashni istaydi. Oxiri maqsadiga yetadi.
Yosh rejissyorning «Bizni tushunishmaydi» va «Choy» filmlari ham bor. «Choy» qisqa metrajli filmi ko‘plab xalqaro tanlovlarda yuksak o‘rinlarni egallagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter