Shohsanam Toshpo‘latova o‘n beshinchi medalni qo‘lga kiritdi
Para-suzuvchimiz Shohsanam Toshpo‘latova Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida delegatsiyamizning 15-medaliga mualliflik qildi. Hamyurtimiz 200 metrga masofaga kechgan kompleks suzish dasturida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Toshpo‘latova o‘ta murosasiz kechgan final dasturida marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi. Vakilamiz masofani 2:27.92 daqiqada suzib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Qayd etish joiz, bu uning uchun Paralimpiya o‘yinlaridagi uchinchi medali bo‘ldi. Ushbu sportchimiz Rio-2016 Paralimpiadasida 2 ta bronza medaliga ega chiqqan edi.
Ta’kidlash joiz, ushbu hamyurtimiz mazkur Paralimpiya o‘yinlarida bungacha 3 ta yo‘nalish finalida qatnashib, ikki bor 4 va bir bor 5-pog‘onani egallagan edi. Shu tariqa mazkur Paralimpiya o‘yinlaridagi medallarimiz 5 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronzaga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter