Shohjahon Ergashevga «Malibu» sovg‘a qilindi
Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan Shohjahon Ergashevga (16-0, 14 KO) O‘zbekiston professional boks federatsiyasi tomonidan «Malibu» avtomobili sovg‘a qilingan. Bu haqda «GoSport.uz» xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, federatsiya rahbari Isroil Yunusov Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangdagi g‘alabasiga mukofot sifatida avtomobilni taqdim etgan. Agar Shohjahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritadigan bo‘lsa, unga beriladigan mukofot yanada katta bo‘lishini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev fevral oyida amerikalik Maykal Foksga (19-1, 5 KO) qarshi qiyin kechgan jangda ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi.
Ushbu jangidan keyin Shohjahon murabbiyini o‘zgartirdi. Endi u Menni Pakyaoning ustozi bilan ishlaydi.
1-mart kuni e’lon qilingan VBA reytingida Ergashev bir pog‘ona yuqorilab, 4-o‘rindan joy olgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter