Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shofirkon bozorida talonchilar qo‘lga tushdi

Shofirkon bozorida talonchilar qo‘lga tushdi

Buxoro viloyati, Shofirkon dehqon bozori hududidagi telefon savdo do‘konida o‘g‘rilik jinoyatini sodir etganlar qo‘lga olindi. 

“Xabar.uz”ga viloyat IIB axborot xizmati xabar berishicha, o‘g‘rilik tong g‘ira-shirasida yuzaga kelgan. Oradan bir necha soat o‘tar-o‘tmas savdo do‘koniga ishga kelgan sotuvchi do‘kon eshigi qulfi buzilgani, peshtaxtalar va jovonlar tartibsiz holatda ekaniga guvoh bo‘lgan. Zudlik bilan ichki ishlar organlariga xabar bergan.  

Holat yuzasidan olib borilgan surishtiruvda savdo do‘konidan jami 45 million 110 ming so‘m miqdoridagi telefon hamda 3 million so‘mlik videokuzatuv moslamalari talon-taroj qilingani aniqlangan. Noma’lum shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik), 2-qismi bilan ish qo‘zg‘atilgan.

“Tezkor xodimlar tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari juda tez nihoyalandi. Savdo do‘konini “urgan” shovvozlar shu hududda yashovchi ikki shaxs ekani aniqlandi. Ayni paytda, ularning shu turdagi boshqa jinoyatlarga ham aloqadorligi o‘rganilib, tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda”,-dedi viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring