Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shirin shahri hokimi va sektor rahbarlari ishdan olindi

Shirin shahri hokimi va sektor rahbarlari ishdan olindi

Foto: «Sputnik»

Bugun, 2-oktyabr kuni Xalq deputatlari Shirin shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Sessiyada viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi sho‘’ba mudiri Abdulla Tursunov va boshqalar ishtirok etishdi.

Viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev. Foto: «Xabar.uz»

Viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev so‘zga chiqib, shaharda olib borilayotgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy holatga tanqidiy baho berdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan. Bunda to‘rtta sektor rahbarlari faoliyatiga baho berilib, deputatlar orasida muhokama qilindi.

Shu vaqtga qadar Shirin shahar hokimi bo‘lgan Ilhom Begaliyev faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari uchun egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, shahar sektorlari rahbarlari ham ishdan olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring