Shifoxonalardagi koykalar soni haqidagi ma’lumotni onlayn ko‘rish imkoniyati yaratiladi
Tibbiyot sohasidagi mavjud muammolarni tahlil qilish, jumladan, joriy yilda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan aniq choralarni belgilab olish maqsadida Aksilkorrupsiya agentligi, SSV hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mutasaddilari uchrashib, ayrim masalalarda kelishib olindi.
Xususan:
- Vazirlik saytiga tizimdagi barcha muassasalar kesimida bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni qo‘yib borish;
- Tibbiyot xodimlarining malakasi, tibbiy xizmat hajmi, murakkablik darajasi, sifatiga qarab mehnatga haq to‘lashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
- Har bir tibbiyot muassasasidagi koykalar soni, ulardagi band va bo‘sh turgan joy haqidagi ma’lumotlarni onlayn ko‘rish imkoniyatini yaratish;
- Dori vositalari va tibbiyot buyumlarining sarflanishining yagona reyestrini yaratish;
- Sohaga ajratilayotgan mablag‘larning sarflanishi ustidan qat’iy jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
- Har bir tibbiyot muassasasining kirish joylarida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari ro‘yxatini joylashtirish kabilar shular jumlasidandir.
Ta’kidlanishicha, mazkur vazifalar ijrosi Agentlik va Vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashlari tomonidan muntazam ravishda muhokama qilib boriladi hamda bu borada amalga oshirilgan ishlar har chorakda brifing yoki matbuot anjumani shaklida ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilikka yetkazib boriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter