Shifoxonada davolanishni rad etgan COVID-19 bemori hayotdan ko‘z yumdi
Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, 7-iyul kuni Chilonzor tumanida yashovchi 76 yoshli V.T. (ayol) va uning o‘g‘lida «COVID-19» tasdiqlanganidan so‘ng uyiga maxsus tez tibbiy yordam guruhi kelgan. Ammo bemorda kasallik belgilari bo‘lsa-da, shifoxonada statsionar holatda davolanish rad etilgan.
11-iyul kuni bemorning ahvoli og‘irlashganligi sababli Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
U yerda unga «COVID-19»ning og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.
Bemorda yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kasalligining 2-darajasi, yurak va bosh miya tomirlari aterosklerozi, dissirkulyator ensefalopatiyaning 2-darajasi, 12 barmoqli ichak yarasi kasalligi kabi hamroh kasalliklari bo‘lgan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter