Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor qabuliga kirish uchun besh soat navbat kutgan ayol vafot etdi

Shifokor qabuliga kirish uchun besh soat navbat kutgan ayol vafot etdi

Shifoxona va bemorlar

Foto: spb.napopravku.ru

Sankt-Peterburgning 15-shahar shifoxonasiga shifo izlab kelgan keksa ayol besh soat navbat kutishdan so‘ng shu shifoxonaning o‘zida jon bergan. Nabirasining so‘zlariga qaraganda, kampir o‘zini yomon his qilayotganini aytganidan so‘ng, unda insult alomatlari ko‘ringani tufayli shoshilinch ravishda tez yordam chaqirishgan.

«Biz uch soat atrofida qabul bo‘limida kutib o‘tirdik. Shundan so‘ng buvimni reanimatsiyaga emas, asab kasalliklari bo‘limiga jo‘natishdi. Uning oldiga ikki marta hamshiralar kelishdi va qon bosimini o‘lchashdi hamda validol tabletkasi berishdi. Mening «Shifokor qachon keladi?» degan savolimga hozir kelolmasligini aytishdi. Buvimni kuchli og‘riqlar qiynab turgandi. Keyin men uni ma’lum muddat yolg‘iz qoldirdim. Soat 18:55 da menga qo‘ng‘iroq qilib, uning joni uzilganini aytishdi»- degan marhumning nabirasi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring