Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokorlar COVID-19 antitanachalari qancha vaqtgacha saqlanib qolishini aniqlashdi

Shifokorlar COVID-19 antitanachalari qancha vaqtgacha saqlanib qolishini aniqlashdi

Foto: «RIA Novosti»

Finlyandiya Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish milliy instituti (THL) ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusga antitanacha kasallikni boshidan o‘tkazganlarning aksariyatida bir yildan ko‘proq saqlanib qoladi.

«Milliy sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish instituti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlarning ko‘pchiligida bir yildan keyin ham antitanachalar aniqlangan»,deyiladi xabarda.

Tadqiqot ishtirokchilarining 97 foizida kasallikni yuqtirgandan bir yil o‘tib ham koronavirusning eng yuqori oqsilini tanuvchi IgG antitanachasi qayd etilgan.

«Garchi antitanachalar ko‘pchilikda aniqlangan bo‘lsa-da, bir yildan so‘ng ularning darajasi kasallikni yuqtirgandan keyingi olti oy bilan taqqoslaganda taxminan uchdan bir qismga kamaygan», — deyiladi tashkilotning press-relizida.

Tadqiqotda, shuningdek, antitanachalarning yangi shtammlarini zararsizlantirish qobiliyati tekshirildi. Buni qarangki, «alfa» varianti uchun himoya qilish darajasi «beta» varianti uchun «sal pastroq», «delta» varianti uchun esa «ancha pastroq» bo‘lgan.

«Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, koronavirusni yuqtirib olgandan so‘ng antitanachalar soni dastlab yuqori bo‘lsa, antitanachalar va yangi infeksiyadan himoyalanish qobiliyati ham uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi», — deydi THL vakili Merit Melin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring