Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alkogolning yana qator xavfli tomonlari aniqlandi – shifokorlar

Alkogolning yana qator xavfli tomonlari aniqlandi – shifokorlar

Foto:«Rossiyskaya gazeta»

Spirtli ichimliklar bir qator kasalliklarning rivojlanishida muhim rol o‘ynashi mumkin. Alkogol barcha ichki organlar va tana sistemasiga salbiy ta’sir qiladi. Bu haqda rossiyalik shifokorlar «Vechernaya Moskva»ga bergan intervyusida ta’kidlab o‘tishgan.

Narkolog Aleksey Kazansevga ko‘ra, spirtli ichimliklar birinchi navbatda ovqat hazm qilish tizimiga ta’sir qiladi va gastrit, oshqozon yarasi yoki sirozni keltirib chiqaradi.

Bundan tashqari, yurak kasalligi, angina pektoris va gipertoniya bilan og‘rigan bemorlarga spirtli ichimliklardan qattiq saqlanishi zarur. Alkogol qon bosimini oshiradi, natijada yurak to‘xtashiga olib kelishi mumkin.

«30-35 yildan so‘ng spirtli ichimlik iste’mol qiluvchi ko‘pchilikning miya tomirlarida aterosklerotik o‘zgarishlar yuz beradi, ba’zilari surunkali kasalliklarga chalingan bo‘ladi. Yurak xurujlari, qon tomir kasalliklari yosharib bormoqda », - deya ogohlantirdi Kazansev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring