Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada spirtli ichimliklar bo‘yicha jiddiy taqiq kuchga kirishi kutilyapti

Rossiyada spirtli ichimliklar bo‘yicha jiddiy taqiq kuchga kirishi kutilyapti

Rossiya Tergov qo‘mitasi 21 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga har qanday alkogolli ichimliklar sotishni taqiqlashni taklif qilmoqda. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin ma’lum qildi

«Yoshlar o‘rtasida spirtli ichimliklarni iste’mol qilishning oldini olish uchun 21 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga tarkibida alkogolli mahsulotlarni sotishni taqiqlash zarur», — dedi u boshqarma hay’ati yig‘ilishida.

Bastrikin, shuningdek, giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik yoshini 16 yoshdan 14 yoshga tushirish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

«Bu o‘smirlarni giyohvand moddalar bilan shug‘ullanayotgan jinoyatlarga qarshi kurashda yordam beradi», - deya qo‘shimcha qildi u.

O‘tgan sentyabr oyida Rossiya Davlat Dumasi deputati Sulton Hamzayev parlament a’zolari 21 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarga spirtli ichimliklar sotish va iste’mol qilishni taqiqlovchi qonun loyihasini tayyorlashini ma’lum qilgan edi.

Deputat bunday chora «alkogolga qarshi yumshoq, ehtiyotkorona siyosat»ni davom ettirish uchun zarurligini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, mavjud cheklovni oshirish orqali spirtli ichimliklarni iste’mol qilish yoshini kamaytirish kerak. Hamzayev qoidabuzarlar ma’muriy javobgarlikka tortilishi kerak, deb hisoblaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring