Shifokorlar 30 mlrd. so‘mni «yeb yuborgani» aytildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Yangi O‘zbekiston» gazetasiga bergan intervyusida sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsiya holatlari haqida gapirgan.
Davlat rahbarining aytishicha, 2020 yilning o‘zida tizimda 30 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingan va aybdorlar qonuniy jazoga tortilgan.
«Shu bois beparvolikka, loqaydlikka berilishga aslo haqqimiz yo‘q. Koronavirus hali ham yonimizda, biz bilan birga yashamoqda. Shuning uchun mamlakatimizda tegishli tibbiyot markazlari, dori-darmon va himoya vositalarining yetarli zaxirasi shakllantirildi. Hududlarda 60 ta kislorod stansiyasini ishga tushirib, reanimatsiya va intensiv davolash bo‘limlarini kislorod bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ishlar jadal olib borilmoqda», dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyev xalqqa murojaat qilib, bu xavfli kasallikka qarshi emlash tadbirlarida faol ishtirok etishga chaqirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter