Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor vaksina olgandan so‘ng o‘zida kechgan o‘zgarishlar bilan o‘rtoqlashdi

Shifokor vaksina olgandan so‘ng o‘zida kechgan o‘zgarishlar bilan o‘rtoqlashdi

Foto:«Facebook»

Samarqand shahar 7-son oilaviy poliklinikasi shifokori Sunbula Orifxonova koronavirusga qarshi vaksina qabul qilgandan so‘ng o‘zida kechgan jarayonlar bilan o‘rtoqlashdi. 

Shifokor keltirgan ma’lumot va choralar o‘quvchilarimiz uchun foydali bo‘ladi degan umiddamiz. 

Birinchi kun (6-aprel)

Aprelning ilk kunidan aholini COVID-19 ga qarshi emlash boshlandi. Tabiiyki, ko‘pchilikda har xil savollar tug‘ildi: «Nega vrachlar o‘zi birinchi olmayapti, qabilida». Shu sababli, men kutib o‘tirmay vaksina olishga qaror qildim.

Poliklinikamizda ikki xil vaksina bor. Men olimlarimizga va davlatimizga to‘liq ishongan holda COVISHIELO (Xindiston) vaksinasini tanladim.

Bugun soat 12.30 da shu vaksinani oldim (6 aprel).

Maqsadim kovid bilan kasallanishni oldini olish va vaksina tasirini o‘zimda sinab ko‘rish edi. Chunki internetda juda ko‘p salbiy fikrlar bildirildi. Mana endi men har kuni ahvolimni kuzatib boraman va sizlar bilan o‘rtoqlashaman.

Vaksina olishdan oldin Trombopol 150 tabletkasidan ichishni boshladim. Uni 14 kun davomida ichaman.

Qornim to‘q edi.

Vaksina olish vaqtida igna kirganini sezdim xolos.

Hozir soat 19.00 da umumiy ahvolim yaxshi. Tana haroratim, qon bosimim me’yorida.

Vaksina olgach, kechgacha ishladim. Xudoga shukur yaxshiman.

Ikkinchi kun (7-aprel)

Xo‘sh, bir sutka ichida nimalar bo‘ldi?

Kecha kechga tomon soat 23.00larda isitmam ko‘tarildi. Varaja his qildim. O‘lchaganimda, tana haroratim 38.0 °S chiqdi.

1 dona Mig (Ibuprofen 400 mg) ichdim.

Ertalab ahvolim yaxshi edi. Ishga bordim, bemorlarga yordam berdim. Tushdan keyin yana varaja his qildim.

Yo‘tal, tomoq og‘rig‘i va boshqa simptomlar bezovta qilmayapti.

Hozir soat 19.00 tana haroratim 37.7° S.

Umumiy ahvolim yaxshi.

Uchinchi kun (8-aprel)

Bugun ertalabdan ahvolim yaxshi.

Shikoyatlarim yo‘q.

Teri va shilliq pardalar oqamtir. O‘pkada vezikulyar nafas. Saturatsiya 98%. Yurak tonlari aniq. Puls 78 marta urayapti. Qon bosimim 110/70 mm simob ustunida. Qornim og‘riqsiz. Isitmam yo‘q. Tana haroratim 36,6° S.

Hozir ishda navbatchiman.

(Muallifning Feysbukdagi sahifasidan olindi)

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring