Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor qovun iste’mol qilishda ayrim ogohlantirishlar bilan chiqdi

Shifokor qovun iste’mol qilishda ayrim ogohlantirishlar bilan chiqdi

Foto: Xabar.uz

Qovun juda ko‘p shakarni o‘z ichiga oladi va bu sog‘liq uchun ma’lum xavf tug‘diradi, dedi rossiyalik diyetolog Yelena Solomatina.

Qovun mevalarida juda ko‘p tolalar, kremniy va S vitamini, shuningdek, foliy kislotasi mavjud. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, qovun tarkibidagi shakar organizmga zarur energiya beradi, ammo uni iste’mol qilishda me’yorga rioya qilish zarur.

«Qandli diabet va ortiqcha vazndan aziyat chekuvchi odamlar, xuddi tarvuz kabi, shirin qovunlarni  ko‘p iste’mol qilishi shart emas», deydi Solomatina.

Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, qovunni mavsum boshida sotib olmaslik kerak, iloji boricha yetarlicha pishishi kerak. 

«Agar siz qovunni mashina yukxonasidan yoki yo‘l chetidagi rastadan sotib olsangiz, hech kim uning talab darajasida ekaniga kafolat bera olmaydi. Qolaversa, qovunni so‘yilgan holatdan sotib olmaslik kerak», — deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring