Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston qovundan 16,7 mln. dollar foyda ko‘rdi

O‘zbekiston qovundan 16,7 mln. dollar foyda ko‘rdi

Foto: Xabar.uz

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-iyun oylarida 11 ta davlatga qiymati 16,7 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 79,9 ming tonna qovun eksport qilgan.

Qovun eksporti hajmi 2022-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 16,8 ming tonnaga oshgan.

O‘zbekiston 2023-yilning 6 oyida eng ko‘p qovun eksport qilgan davlatlar:

— Qozog‘iston – 35,7 ming tonna

— Rossiya – 29,3 ming tonna

— Qirg‘iz R. – 12,6 ming tonna

— Belarus – 1,3 ming tonna

— Tojikiston – 664 tonna

— Mongoliya – 143 tonna

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring