«Uyda o‘tirishni or deb bildim...» – shifokor Prezidentga murojaat qildi

Sarvar Begimqulov
Respublika ixtisoslashtirilgan dermotologiya va venerologiya markazi shifokori Sarvar Begimqulov ijtimoiy tarmoq orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qildi.
Unda mutaxassis faoliyatini harbiy shifokor sifatida boshlab, o‘z vaqtida jangovar harakatlar bo‘lgan qaynoq nuqtalarda xizmat qilganini qayd etadi. Shuningdek, hozirgi sinovli davrda faoliyat ko‘rsatayotgan ishxonasi vaqtincha yopilayotgani, bunday sharoitda uyda o‘tirishini o‘ziga or deb bilgani, «ko‘ngilli ravishda Vatanimizning qayerida bo‘lmasin, koronavirusga qarshi kurashda o‘z hissasini qo‘shishga tayyor» ekanini bildiradi.
Qisqa va lo‘nda murojaatda aytarli boshqa gap yo‘q. Unga qanday munosabat bildirilishini bashorat qilish ham shartmas.
Muhimi – niyat nekbin.
Shunday insonlar ko‘paysin...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter