Shifokor organizm uchun bezarar mahsulotni ma’lum qildi
«Doktor Myasnikov» nomi bilan mashhur rossiyalik doktor va teleboshlovchi Aleksandr Myasnikov ideal oziq-ovqat mahsulotini ma’lum qildi. Gap dukkakli ekinlar haqida bormoqda, dedi ekspert «Rossiya 1» telekanali efirida.
Avvalo, dukkakli ekinlar tarkibida kletchatka ko‘p bo‘lib, ularsiz organizm yashay olmaydi, deydi mutaxassis. Kletchatka, shuningdek, saraton va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini ham kamaytiradi. Bundan tashqari, dukkakli mahsulotlar tarkibida gipertoniya bemorlari uchun zarur bo‘lgan o‘simlik oqsili mavjud.
Shu bilan birga, mahsulot past kaloriyali hisoblanadi, ustiga-ustak, tarkibida V guruhidagi vitaminlar va mikroelementlar mavjud: selen va kaliy ham gipertoniyada muhim.
«Men hatto dukkakli ekinlardan qandaydir zarar topishga urinyapman. Meteorizmdan boshqa hech qanday zarari yo‘q», — deya ta’kidladi Myasnikov.
Dukkakli mahsulotlarni tuniga suvga solib qo‘yib, ertalab tuzsiz qaynatib iste’mol qilsangiz, meteorizmga duchor bo‘lmaysiz, deb maslahat beradi mutaxassis.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter