Dukkaklilarni har kuni iste’mol qilish zarar emasmi?
Dukkakli o‘simliklar oqsil va kletchatkaga boy bo‘lib, tarkibidagi С va B vitaminlari qarish jarayonini sekinlashtirishga va ajinlar paydo bo‘lishining oldini olishga yordam beradi. Dukkaklilarni muntazam ravishda iste’mol qilish diqqatni, xotirani va ish faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.
Ammo dukkakli o‘simliklarni haddan tashqari ortiqcha iste’mol qilib bo‘lmaydi. Har kuni iste’mol qilish haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Bu gaz hosil bo‘lishi va meteorizmning rivojlanishi bilan xavfli. Shuningdek, mutaxassislarning fikricha, u o‘t pufagi va buyraklarda toshlar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter