Shifokor: koronavirus ko‘rish qobiliyatiga jiddiy xavf solishi mumkin
Koronavirus bilan kasallangan bemorlar katta va kichik tomirlarning shikastlanishi tufayli ko‘rish qobiliyatini butunlay yo‘qotishi mumkin. Bu haqda rossiyalik oftalmolog-professor, tibbiyot fanlari doktori Tatyana Shilova ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 tanadagi katta va kichik tomirlarning shikastlanishi bilan tavsiflanadi.
«Eng kichiklari faqat ko‘z sohasida joylashgan, shuning uchun tromboz ko‘rinishidagi venoz yetishmovchilik va ishemik holatlar ko‘rinishidagi arterial yetishmovchilik ko‘rishning to‘liq yo‘qolishiga olib kelishi mumkin»,— deya ta’kidlagan shifokor.
Shilovaning so‘zlariga ko‘ra, bu muammo kasallik davrida ham, undan keyin ham paydo bo‘lishi mumkin. Bu kabi alomatlar yuzaga kelganida zudlik bilan shifokorga murojaat qilish tavsiya qilinadi.
Avvalroq JSST eksperti «omikron»dan keyin yanada xavfli shtammlar tarqalishi haqida ogohlantirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter