Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor kartoshkaning salomatlikka zararidan ogohlantirdi

Shifokor kartoshkaning salomatlikka zararidan ogohlantirdi

Foto: «Pxhere.com»

Shifokorning fikricha, kartoshka oshqozonga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ildiz meva tarkibida zaharli organik birikma — solanin bo‘lishi mumkin: u o‘simlikni bakteriya va ayrim hasharotlardan himoya qiladi. Solanin organizmga tushishi oshqozon buzilishi, kuchli qorin og‘rig‘i va ko‘ngil aynishini qo‘zg‘atishi mumkin.

Shuningdek, shifokor solaninning toksik ta’siridan qanday saqlanish kerakligini tushuntirib berdi.

«Sog‘liq bilan bog‘liq muammolarning oldini olishda eng yaxshi usul — eski, yashil yoki tugunaklari unib chiqqan kartoshkalarni iste’mol qilmaslik», — dedi Monfulleda.

Zaharlanib qolishning oldini olish uchun kartoshkani po‘sti bilan birga iste’mol qilishni cheklagan ma’qul. Bordi-yu, taom ta’mi taxir bo‘lsa, uni iste’mol qilmaslik kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring