Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston ham kartoshka eksportini taqiqlashi mumkin

Qirg‘iziston ham kartoshka eksportini taqiqlashi mumkin

Qirg‘izistonning qishloq xo‘jaligi vazirligi kartoshka eksportiga vaqtinchalik cheklov joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu chora-tadbirlar ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarga nisbatan narx chayqovchiligining oldini olish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri Baxit To‘roboyev davlat idoralari, Prezidentning viloyatlardagi vakillari va mahalliy hokimliklarga oziq-ovqat mahsulotlari tannarxini qattiq nazorat qilish bo‘yicha topshiriq bergan.

Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston o‘tgan yilning 11 oyi davomida 68,2 ming tonna kartoshka eksport qilgan va ularning asosiy qismiga O‘zbekiston xaridor bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin Qozog‘iston hukumat yanvar oyida YeOII mamlakatlaridan boshqa uchinchi davlatlarga, jumladan O‘zbekistonga kartoshka eksportini olti oyga taqiqlagan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring