Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor erkaklar uchun muhim ozuqalar ro‘yxatini taqdim etdi

Shifokor erkaklar uchun muhim ozuqalar ro‘yxatini taqdim etdi

Shifokor erkaklar sog‘lig‘i uchun foydali va quvvat bo‘ladigan mahsulotlar nomini aytdi. Ushbu ro‘yxatda kolbasa va alkogol mahsulotlari kiritilmagan.

Shifokor Andrey Tyajelnikov erkaklarga go‘sht, baliq, dengiz mahsulotlari, bargli ko‘katlar, yong‘oq, dukkakli o‘simliklar iste’molini oshirishni tavsiya qiladi.

Ushbu mahsulotlarda juda ko‘p rux, selen, askorbin kislotasi, tokoperol kabi moddalar bo‘ladi. 

Pomidor antioksidantning mavjudligi sababli, prostata saratoni va boshqa onkologik xastaliklar xavfini kamaytiradi. Pishiriqlar, shirinliklar va yog‘ metabolizm va semirish xavfini yuzaga keltiradi. 

Erkaklar uchun semizlik xavfi shundaki, erkaklik gormoni o‘rnida ayollar gormoni ko‘payadi. Natijada tananing potensial himoya quvvati kamayadi. Shuningdek, bunday holatda qayta ishlangan go‘sht - kolbasa, dudlangan go‘shtlar ham tavsiya etilmaydi.

Spirtli ichimliklarni ham ratsiondan chiqarib tashlamoq kerak, deydi shifokor. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring