Shifokor allergiya bilan kasallanganlarga qanday mahsulotlar xavfli ekanligini aytib berdi
Tibbiyot fanlari doktori, allergolog-immunolog Dali Macharadze allergiya bilan kasallangan odamlarga qaysi mahsulotlar eng xavfli ekanligini aytib o‘tdi. Bu haqda Sputnik radiosi xabar berdi.
Tibbiyot mutaxassisining so‘zlariga ko‘ra, changning ayrim turlariga alergiyasi bo‘lgan odamlarda bir qator oziq-ovqat mahsulotlari o‘xshash reaksiyalar berishi mumkin. Bu «o‘zaro alergiya» deb ataladi. Natijada salbiy oqibatlar aniqlanganda, odamlar oziq-ovqatdan voz kechishlari va ularni iste’moldan chiqarib tashlashlari kerak bo‘ladi.
«Daraxt changlariga allergiyasi bor bemorlarga nafaqat gullash davrida, balki olma, nok, olxo‘ri, shaftoli, nektarin, ya’ni danakmevalilar oilasining barcha mevalarini iste’mol qilish tavsiya etilmaydi», — deya tushuntirdi Macharadze.
Allergiya mutaxassisi ushbu mahsulotlarga qo‘shimcha ravishda sabzi, petrushka va seldereyni iste’mol qilmaslikni aytib o‘tgan.
Shu bilan birga, allergiya bilan kasallanganlarga ushbu mahsulotlar vositasida tayyorlangan sharbatlarni ham iste’mol qilmaslikni tavsiya etib o‘tgan. O‘simlik changiga allergiyasi bor kishilarga esa asal iste’molini cheklashni ham tavsiya qilgan.
«Asosiy allergenlar — bu ambroziya va shuvoq, ayniqsa, mamlakatimizning janubiy mintaqalari uchun. Kasallikka moyil bo‘lgan kishilar eng kuchli o‘zaro ta’sir qiluvchi mahsulotlar kungaboqar yog‘i, qovun, tarvuz, asal, ziravorlardan foydalanishi mumkin emas», — deydi shifokor.
Avvalroq nega bahor oyiga kelib allergiya kuchayishi haqida ma’lumot bergan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter