ShHT sammiti doirasida Samarqandga keladigan prezidentlar ro‘yxati e’lon qilindi
Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov joriy yil 15-16-sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT sammiti doirasida O‘zbekistonga qaysi davlatlar rahbarlari tashrif buyurishini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ShHT sammitida 8 ta davlat rahbarlar tashkilotga a’zo sifatida, 3 ta davlat rahbarlari kuzatuvchi sifatida, 4 ta davlat rahbarlari esa mehmon sifatida ishtirok etadi.
«Kelgusi haftada Samarqand Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining majlisiga mezbonlik qiladi. Ushbu tadbir ShHT yetakchilarining 2019-yildan buyon birinchi yuzma-yuz uchrashuvi bo‘ladi va O‘zbekistonning tashkilotdagi raisligiga yakun yasaydi.
O‘zbekiston raisligi davrida asosiy e’tibor tashkilot doirasidagi hamkorlikning savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, sanoat kooperatsiyasini ilgari surish, transport-kommunikatsiya o‘zaro bog‘liqligini kengaytirish, raqamli transformatsiya va «yashil» iqtisodiyot, ShHTning xalqaro nufuzini mustahkamlash kabi eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga qaratildi», – deb yozadi Asadov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter