Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sheroboddagi ayanchli YTHda haydovchining otasi qurbon bo‘ldi

Sheroboddagi ayanchli YTHda haydovchining otasi qurbon bo‘ldi

24-aprel kuni M39 yo‘lining Sherobod tumanidan o‘tuvchi qismida 31 yoshli haydovchi «Nexia 2» avtomashinasida yo‘l chetidagi beton to‘siqqa borib urilgan.

Mashinaning old o‘rindig‘ida yo‘lovchi sifatida ketayotgan haydovchining otasi hayot uchun xavfli bo‘lgan tan jarohati olib,  shifoxonaga yuboriladi. Ko‘rsatilgan tibbiy tibbiy muolajalarga qaramasdan bemor jonlantirish bo‘limida vafot etadi.

Voqea tafsilotlariga ko‘ra, yo‘l hozirda ta’mirlanayotganligi sababli harakat bir taraflama bo‘lib, yo‘lga beton to‘siq qo‘yilgan bo‘lgan. Haydovchi tezlikni me’yordan oshirishi natijasida boshqaruvni yo‘qotgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring