Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shermatov va Kudbiyev Elektron tijorat assosiatsiyasi vakillari bilan muloqot o‘tkazishdi (foto)

Shermatov va Kudbiyev Elektron tijorat assosiatsiyasi vakillari bilan muloqot o‘tkazishdi (foto)

Foto: Mitc.uz

Bugun, 15-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev bilan Elektron tijorat assosiatsiyasi vakillari o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda elektron tijorat subyektlari yo‘nalishida soliqqa oid qonunchilik yangiliklari, yuzaga kelishi mumkin bo‘ladigan tushunmovchiliklarni birgalikda ko‘rib chiqib, ularga yechim topish masalalari muhokama qilingan. Shu bilan birga, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirishga ko‘maklashish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish kabi masalalar ham ko‘rib chiqilgan.

Uchrashuvda fiskal cheklarning elektron tijorat ishtirokchilari tomonidan taqdim etilishi mexanizmi, to‘lov tashkilotlari tomonidan beriladigan fiskal cheklardagi 1 foiz miqdordagi pul mablag‘ini qaytarish tartibi, Elektron tijorat subyektlariga texnik, huquqiy va soliq masalalariga bag‘ishlangan elektron axborot resursini tashkil etish masalalari ham ko‘rildi.

Elektron tijorat subyektlari faoliyatini doimiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida vazirlik, qo‘mita va idoralar mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tashkil etilib, tizimli ishlash belgilandi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring