Sherigini 39 marta pichoqlagan shaxs 15 yilga «kesildi»
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida spirtli ichimlik ichib, o‘z tanishini o‘ldirgan shaxs 15 yilga qamaldi. Bu haqda «Yoshlar» telekanali orqali ma’lum qilindi.
1997-yilda tug‘ilgan sudlanuvchi 1971yilda tug‘ilgan sherigi bilan qurilish ishlari ketayotgan hududdagi ishlarini tugatib, 100 000 so‘m maosh olishgan. Ishlab topilgan pullarga spirtli ichimlik sotib olib, birgalikda iste’mol qilishadi.
Shundan so‘ng ular kvartiraga qaytishadi. Orada pul masalasida tortishuv chiqadi. Ammo sudlanuvchi barcha pullarni spirtli ichimlikka sarflaganini aytadi. Shunda janjal kuchayadi.
«Ikkinchi marta janjal boshlanganida u birinchi bo‘lib pichoq olgan, keyin men ham o‘zimni himoya qilish uchun pichoq olganman. O‘sha payti o‘zimni bilmasdim, ekspert kelib ko‘rsatdi. 39 marta jarohat yetkazgan ekanman»,— deya ta’kidlaydi sudlanuvchi.
Ta’kidlanishicha, u qilgan ishi jinoyat ekanligini bilgan holda IIOga qo‘ng‘iroq qiladi, marhum olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Sudlanuvchiga JKning 97-moddasi 2-qismi «j» bandi, 168 modda 1-qismi bilan aybli deb topilgan. Unga nisbatan JKning 59-moddasi qo‘llanilib 15 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter