«Shengen mamlakatlari»da bo‘lish vizasi 12 foizga qimmatladi
Endi Shengen mamlakatlarida qisqa muddat qolish uchun viza (C turi vizasi) olishda 90 yevro to‘lov qilinadi.
Narxlarning oshishi haqida Sloveniya Tashqi ishlar vazirligi xabar tarqatdi.
Bunda 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun narx 45 yevro, olti yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun esa bepul bo‘ladi.
Viza to‘lovlarining oshgan tarifi 11-iyundan boshlab amal qiladi.
Ma’lumot uchun, hozirda kattalar uchun Shengen vizasi 80 yevro.
Viza narxi, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan so‘ng, ya’ni «Shengen mamlakatlari» 2022-yil sentyabr oyida qisqa muddatli emissiyaning soddalashtirilgan tartibi to‘g‘risidagi kelishuvni to‘xtatganida sezilarli darajada oshdi. Bungacha to‘lov miidori 35 yevro bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter