Shayxontohurda sodir bo‘lgan ayanchli YTH bo‘yicha ma’lumot berildi

Bugun, 27 yanvar kuni soat 21:00 larda Shayxontohur tumani Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, Mumtoz to‘yxonasi qarshisida ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
1995 yilda tug‘ilgan F.R. boshqaruvida bo‘lgan KIA rusumli avtomashina hamda Malibu 2 rusumli avtomashina (haydovchisi shifoxonaga olib ketilgani sababli shaxsiga hali aniqlik kiritilmagan) to‘qnashib ketgan.
YTH natijasida Malibu 2 rusumli avtomashinasi haydovchisi tan jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter