Shaxmat bo‘yicha sobiq jahon chempioni vafot etdi

Shaxmat bo‘yicha 10-jahon chempioni Boris Spasskiy vafot etdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Spasskiy 1937-yil yanvarda Leningradda tug‘ilgan. 1969-yilda shaxmat bo‘yicha 10-jahon chempioni bo‘lgan.
U o‘zining ko‘p qirrali uslubi bilan mashhur edi va har qanday pozitsiyada teng darajada o‘ynashi bilan mashhur bo‘lgan. Amerikalik Robert Fisher bilan jahon chempionligi uchun kurash uning nomini shaxmatdan uzoqroq doiralarda ham mashhur qildi.
Spasskiy Rossiya va Fransiya fuqaroligiga ega bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter