Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Rahmonov nega fuqaroligini almashtirganini aytdi

Shavkat Rahmonov nega fuqaroligini almashtirganini aytdi

Qozog‘istonlik UFC jangchisi Shavkat Rahmonov nega O‘zbekistondan Qozog‘istonga ketganini izohladi.

«Men O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida tug‘ilganman. U yerda havo harorati juda ham issiq: yozda 45–55 daraja kuzatiladi. Kunduz kunlari ko‘chada yurish ilojsiz. 2011 yilda butunlay Qozog‘istonga ko‘chib o‘tdim. Millatim qozoq bo‘lgani uchun Qozog‘iston fuqaroligini olishda muammoga duch kelmadim. O‘sha yilning o‘zidayoq mamlakat chempionatlarida ishtirok eta boshladim», dedi Rahmonov.

Shavkat Rahmonovning professional rekordi 18-0 ko‘rinishida. Ayni paytda u yarimo‘rta vazn toifasida UFC reytingida 3-o‘rinni egallab turibdi. Shavkat so‘nggi jangini 2023 yilning dekabr oyida amerikaoik Stiven Tompsonga qarshi o‘tkazib, raqibini ikkinchi raundda bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lubiyatga uchratgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring