Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifi yakunlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga rasmiy tashrifi samarali bo‘ldi. Davlatimiz rahbarini Ashxobod aeroportida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov kuzatib qo‘ydi.

Ikki mamlakat o‘rtasida Strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risida deklaratsiya imzolandi. Shuningdek, hamkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘ndan ortiq hujjat qabul qilindi.

Prezidentimizga Turkmaniston davlat universitetining Faxriy professori unvoni berilgani, Ashxobod shahrida «Toshkent» bog‘i ochilgani, «Xorazm – Toshovuz» chegaraoldi savdo markazi qurilishi boshlangani tashrifning muhim voqealari bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari tashrifni yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring