Shavkat Mirziyoyevning 5-6 iyul kunlari Ozarbayjonga safari kutilyapti
Turkiy davlatlar tashkilotining Shusha sammiti o‘tkaziladigan sana va dasturi e’lon qilindi.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev tashabbusi bilan tashkil etilgan sammit 5-6 iyul kunlari Shusha shahrida bo‘lib o‘tadi.
«Tadbirda ishtirokchi davlatlar – Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston rahbarlari ishtirok etadi. Ular bilan birga kuzatuvchi davlatlar rahbarlari va TDT Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev ham ishtirok etishi kutilmoqda», – deb yozadi Yenisafak.
«Transport aloqasi va iqlim bo‘yicha harakatlar orqali barqaror kelajakni qurish» mavzusida o‘tadigan sammit tashkilotning asosiy masalalari va kun tartibi bo‘yicha yuqori darajadagi muhokamalar uchun platforma bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.
Sammit yakunlari bo‘yicha Qorabog‘ deklaratsiyasi hamda boshqa bir qator muhim hujjatlar imzolanadi.
Shushadagi sammit oldidan TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda norasmiy sammit kun tartibidagi masalalar va rahbarlar tomonidan imzolanadigan hujjatlar bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter