Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevni Belarus bosh vaziri kutib oldi

Shavkat Mirziyoyevni Belarus bosh vaziri kutib oldi

President.uz

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 31-iyul kuni rasmiy tashrif bilan Minskka yetib bordi.

Minsk milliy aeroportida oliy martabali mehmonni Belarus Bosh vaziri Sergey Rumas va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Oliy darajadagi muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning holati va istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Foto: President.uz
Foto: President.uz
Foto: President.uz

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring